<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><lyrics>[V1]
 Xudoning nazari tushgan eldir bu,
 Uning panohida gullab, yashnagay,
 Meni toʻldiradi shu iliq tuygʻu,
 Ishonaman, yurtim yana yuksalgay.

[V2]
 Togʻning choʻqqisida turgan uy kabi,
 Nuring porlayversin, yana yashnagin,
 Buyuk maqsadlaring amalga oshib,
 Dunyo turgunicha yurtim bor boʻlgin.

[V3]
 Xudojoʻy, haqsevar, mehribon halqing,
 Yuragida olov yonganlaring bor,
 Shu yurt uchun yonib, jonini berib,
 Gullab yashnashingni soʻraydilar zor.

[C1]
   Kelajagi buyuk, qadami ilgʻor,
   Oʻzbekistonimsan, jannatim mening,
   Boʻlsin senga doim Xudo madadkor,
   Sodiq farzandlaring bor bugun sening.</lyrics>
<title>Oʻzbekistonim</title>
<aka>Xudoning nazari tushgan eldir bu</aka>
</song>